JCH-2018. Portugaliyaliklar Kratovdagi bazada katta televizorlar va PlayStation bo'lishini iltimos qilishdi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2018, 14:34
Moskva viloyati jismoniy tarbiya va sport ishlari vaziri Roman Teryushkov Portugaliya terma jamoasi JCH-2018 vaqtida qanday sharoitlik bazada yashashi haqida aytib berdi.

"Saturn" o'quv-mashg'ulot markazida 3ta futbol maydoni - 2ta tabiiy va bitta sun'iy mavjud. Bazada evrostandartlarga javob beradigan mehmonxona kompleksi bor.

Kratovdagi mashg'ulot bazasida 200dan ortiq kishi yashashi mumkin. Baza barcha mehmonlarni ovqat bilan taminlay oladi. Markazda mashg'ulot zali va basseyn mavjud.

"Bir nechta maydon va ideal chim - bu Portugaliya terma jamoasining hamma talabi emas.

Iltimosnomada balkonda qopqop ko'rinishidagi mebel, to'liq bo'yalgan devorlar kerak. Bu talablar kelishilgan va hozir bu borada ishlar olib borilmoqda.

Ayni damda bir narsa ma'lum - Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu "Saturn" mashg'ulot bazasining ikkinchi qavatida yashaydi. Xonani uning o'zi tanlaydi.

Portugaliyaliklar har bir xonaga katta televizorlar qo'yishni so'rashdi. Ularga tarmoqli PlayStation uskunalari o'rnatiladi va futbolchilar o'zaro o'yinlar o'ynashi mumkin bo'ladi. Menimcha futbol o'ynashsa kerak" - dedi Teryushkov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru