JCH-2018. Ochilish o'yiniga hakamlar tayinlandi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2018, 21:22
FIFA JCH-2018 ochilish o'yini bo'lgan Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuviga hakamlar tayinladi.

Bahsni argentinalik Nestor Pitana boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Xuan Pablo Belatti va Ernan Maydana yordam berishadi. Zaxira hakami braziliyalik Sandro Richchi bo'ladi.

Video takrorlarni aniqlaydigan hakamlar: Massimiliano Irrati (Italiya), Mauro Ilyano (Argentina), Karlos Astrosa (Chili) va Daniele Orsato (Italiya).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com