JCH-2018. Daniya va Irlandiya birinchi bahsda durang o'ynashdi

12 noya 2017, 02:47
JCH-2018 saralashi Yevropa mintaqasida Daniya va Irlandiya termasi o'rtasida ikki o'yindan iborat o'tish turnining ilk uchrashuvida g'olib nomi aniq bo'lmadi.

Kopengagendagi “Parken” stadionida o'tgan ilk bellashuvda mezbonlar o'yinda tashabbusni o'z qo'llarida saqlab turgan bo'lsada, yakunda gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi. Shu o'rinda irlandiyaliklar posboni Rendolfning o'yindagi harakatlarini alohida takidlash joiz.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 noyabr kuni Irlandiyada bo'lib o'tadi.

JCH-2018

O'tish o'yini.

Birinchi uchrashuv.

Daniya – Irlandiya 0:0 (0:0, 0:0)

Daniya – Shmeyxel, Larsen, Belland, Ankersen, Ker, Dileyni, Eriksen, Kvist, Sisto (Bendtner, 72), Yorgensen, Kornelius (Poulsen, 64).

Irlandiya –  Rendolf, Kristi, Daffi, Klark, Uord, Makkleyn, Xendrik (Xurixeyn, 90), O`Doda, Arter (Uelan, 88), Breydi, Merfi (Long, 74).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia