JCH-2018 da yana bir rekord qayd etildi

Futbol bo'yicha Rossiyada bo'lib o'tayotgan Jahon Chempionati F guruhida 3-tur o'yinlariga yakun yasaldi.

Meksika terma jamoasi Shvetsiya bilan guruhning so'nggi turida kurash olib bordi. Uchrashuvning 74-daqiqasida Edson Alvares o'z darvozasini ishg'ol etib, shvedlarga yordam berib yubordi.

Mazkur avtogol Rossiya mundialidagi ettinchisi bo'ldi.

Avvalgi rekord Fransiyada o'tgan JCH-1998 ga tegishli edi. Unda 6 avtgol qayd etilgan edi.

Meksika terma jamoasi futbolchilari esa shu vaqtga qadar o'z darvozalariga 5 ta avtogol kiritgan. Bu ham mundiallar tarixidan rekord sifatida joy olgan.


Manba: Opta