JCH-2018. 1,3 mln chipta sotib bo'lindi, ularning 35 foizini rossiyaliklar xarid qilishdi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018, 01:06
FIFA Rossiyada o'tkaziladigan Jahon chempionati chiptalari sotuvi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma'lumotda o'tgan yilning 5 dekabridan 31 yanvargacha qur'a tashlash yo'li bilan sotilgan chiptalar bo'yicha axborot taqdim etilgan. Unga ko'ra ko'rsatilgan muddatda 568 448 chiptasotilgan. 

Chiptalar sotuvining birinchi bosqichida 735 168 dona chipta o'z egalarining qo'liga yetib borgandi. 2017 yilning sentyabridan to shu kungacha umumiy hisobda 1 303 616 chipta sotib bo'lingan.

Chiptalarning katta qismi rossiyaliklarga nasib etdi (197 832). Bu borada Top-10dan Kolumbiya (33 048), Braziliya (24 656), Peru (21 946), Germaniya (21 639), AQSH (20 347), Meksika (18 155), Avstraliya (15 906), Argentina (15 214), Angliya (14 890) va Polsha (13 686) davlatlari joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif