Javohir Sidiqovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
8 dek 2017, 11:16
Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi yetakchi a'zolaridan biri bo'lmish – Javohir Sidiqovning tug'ilgan kuni.

Bugun Qo'qon futbolining javohiri deya etirof etilayotgan yosh futbolchi o'zining 21 yoshini qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislarimiz nomidan Javohirni chin yurakdan tabriklaymiz. Unga sihat-salomatlik, futbolchilik faoliyatida omadlar tilab qolamiz.

O'zining yorqin o'yinlari bilan Qo'qonlik ko'p sonli muxlislarning e'tiborini qozongan Javohir Sidiqov ayni damda O'zbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bilan Tailandda bo'lib turibdi.

Tug'ilgan kuning bilan, Javohir!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz