Javohir Sidiqov: "Shomurodovning "Jenoa"ga yo'l olishida "Rostov" tramplin bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2021, 12:40
Kecha saytimiz mehmoni bo'lgan Javohir Sidiqov bir qator mavzularda fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Hususan Eldor Shomurodovning hozirgi darajasiga chiqishida nima muhim rol o'ynadi, degan savolga Sidiqov quyidagicha javob berdi.

"Ko'z tegmasin Eldor hozirda yaxshi o'ynamoqda. U uchun xursandman. Eldor hammasidan ham ko'ngli ochiq inson. Yoshligidan intilishi va iqtidori bor edi. Chunki oilada futbol muhitida katta bo'lganligi unga katta turtki bo'ldi, deya olaman. Keyin o'zining mehnati bilan shu darajaga chiqdi. Rossiya chempionatida "Rostov" safida dastlab zaxirada qoldi. Lekin o'ziga ishonchi ortib tavakkalga qo'l urdi va kuchli beshlik chempionatiga yo'l oldi, deb o'ylayman. "Rostov" esa tramplin vazifasini bajarib berdi",- deydi Sidiqov.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia