Javohir Sidiqov: "Bugun kim gol urishidan qatiy nazar g'alabaga erishsak bo'lgani"

Mirjalol Normatov
27 avg 2021, 14:05
Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Turon"ga qarshi o'yindan oldin "Lokomotiv" futbolchisi Javohir Sidikov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushyapmiz. To'g'ri, so'nggi o'yinlarda omad bizdan yuz o'girmoqda. "Lokomotiv"da yevropalik murabbiy qo'l ostida uning taktikalarini, fiklari, g'oyalarini tushunib oldik. Boshida biroz qiynalganimiz rost. Hozir esa barchasi joyida. So'nggi uch o'yinda oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib mag'lub bo'layotgan bo'lsak-da, o'yin bobida raqiblardan ustunlik qilyapmiz. "Turon"ga qarshi bahsda ham chiroyli o'yin namoyish qilib, muxlislarga natijani ham taqdim qilmoqchimiz.

- "Turon"ga qarshi dastlabki bahsda "Lokomotiv"dagi debyut golingizni urgandingiz.
- Albatta, bu esda qoladigan holat. Biroq ertaga asosiysi natija uchun o'ynaymiz. Kim gol urishidan qati nazar g'alaba qozonishimizning o'zi etarli.

- Turnir jadvalida yetakchilar va autsayderlar bilan farq unchalik katta emas. Umumiy olganda maqsadlar qanday bo'lmoqda?
- Yetakchi jamoa bizdan juda katta farq bilan oldinga chiqib ketgan. Ammo bu imkoniyatlar qolmadi degani emas. Imkoniyat doimo bo'lgan. Mavsum davomida kerakli o'yinlarda maksimal ochko olishda davom etsak, turnir jadvalida yuqorilashimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати