Javlon Ibrohimov jarohatidan qutuldi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2015
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov jarohatidan qutuldi.

Kuni kecha "Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Mashg'ulotlarda avgust oyidan buyon maydonga tushmagan Javlon ham barcha bilan birgalikda qatnashmoqda. 

Ibrohimov oliy liganing 17-turida "Qizilqum"ga qarshi kechgan o'yinning 5-daqiqasida elkasidan jarohat olib maydonni tark etgandi. O'sha o'yindan so'ng futbolchi operaciya qilingandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia