Javlon Ibrohimov barchani ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2018
Superliganing 14-turida "Bunyodkor" Toshkentda "Neftchi"ni 2:1 hisobida taslim qildi.

Ushbu o'yinda "qaldirg'ochlar" safida ikkala golni ham tayanch yarim himoyachisi bo'lgan Javlon Ibrohimov urdi. Shu tariqa uning bu mavsumdagi gollari soni 8taga etdi va Superliga to'purarlar poygasida 1-o'ringa chiqib oldi. Hech qaysi futbolchi bugunga qadar Superligada 8ta gol urishning uddasidan chiqa olmagandi. 

Keyingi o'rinlarda borayotgan Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh va Elguja Grigalashvili hisobida 7tadan gol bor. 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia