Javlon Anorov: “Mundialga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz”

Narzulla Saydullayev
16 avg 2016, 17:07
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga jiddiy tayyorgalik ko'rmoqda.

Terma jamoamiz bugun tayyorgarlikdagi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Ozarbayjon futzal terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'rtoqlik bahsidan oldin terma jamoamiz a'zosi Javlon Anorov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  O'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdan maqsad Kolumbiyada bo'lib o'tadigan mundialga qanchalik tayyor ekanligimizni ko'rib olish. Bundan tashqari mundialga boradigan tarkibni aniqlab olishdan iborat”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Javlon Anorov.

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia