

Kolumbiya haqida etarlicha ma'lumotga egamiz. 1-turda biz ularning Portugaliya bilan o'yinini kuzatdik. Bu jamoa menda yaxshi taassurot qoldirdi. Tarkibda futzalning haqiqiy ustalari yig'ilgan. Ayniqsa jamoa sardori Anjellott Karoni alohida ko'rsatishim mumkin. U 1-turda eng yaxshilardan biri bo'ldi, - deydi Anorov.
Ikkinchi turda raqib kuchli bo'lishiga qaramay oxirigacha kurashamiz. Umid qilamanki, har qanday jamoaga raqobat qila olamiz. 1-turdagi mag'lubiyatga qaramay, biz katta maqsadlarga erishmoqchimiz. Agar o'z o'yinimizni topib olsak bizni to'xatib qolish qiyin, - deydi Anorov O'zbekiston.



