Jasur Jaloliddinov - Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2018, 16:04
Superliganing 20-turida "Bunyodkor" klubi o'z uyida "Qo'qon-1912"ni qabul qildi.

Mazkur o'yinning ikkinchi bo'limida "qaldirg'ochlar" safida yosh yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov maydonga tushdi. 2002 yilning 15 mayida tug'ilgan futbolchi Superliga tarixiga kirdi. U O'zbekiston Superligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. "Qo'qon-1912" bilan o'yin bo'lgan kuni Jaloliddinov 16 yosh va 80 kunlik edi.

So'nggi bor "Bunyodkor" safida bundan 10 yil oldin, 2008 yilda 16 yoshli futbolchi maydonga tushgan. O'shanda Dmitriy Kuzin 16 yosh 239 kunlida "qaldirg'ochlar" asosiy tarkibida o'ynagan edi.  



Quyida oxirgi 10 yilda O'zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchilar ro'yxatini keltiramiz:

2018
Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor") - 16 yosh 80 kun

2017
Ibrohim G'anixonov ("Paxtakor") - 16 yosh 232 kun

2016
Grigoriy Ahmedov ("Paxtakor") - 17 yosh 224 kun

2015
Azizjon G'aniev ("Nasaf") - 17 yosh 38 kun

2014
Azizjon G'aniev ("Nasaf") - 16 yosh 258 kun

2013
Odiljon Hamrobekov ("Nasaf") - 17 yosh 31 kun

2012
Bobur Davlatov ("Mashal") - 16 yosh 23 kun

2011
Davlatbek Yorbekov ("Paxtakor") - 17 yosh 38 kun

2010
Vladimir Kozak ("Paxtakor") - 16 yosh 357 kun

2009
Vladimir Kozak ("Paxtakor") - 16 yosh 137 kun

2008
Dmitriy Kuzin ("Bunyodkor") - 16 yosh 239 kun



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia