Jasur Jaloliddinov: "Gol o'tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"

Абдулвосит Бектемиров
28 apr 2024, 22:17
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov bugungi mashg'ulotlarda saytimizga kichik intervyu berdi

- O'zbekiston terma jamoa dahshatli futbol namoyish etmoqda, 10ta gol va barcha uchrashuvlardagi g'alaba bu ajoyib natija. O'zbekiston 2018 yilda qayd etgan natijasini yana takrorlamoqchimi?

- Ertaga bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Gol o'tkazmayotganimizga sabab futbolchilarning mehnatkashligidir. Shunday davom etishni rejalashtirmoqdamiz.

- Indoneziya terma jamoa guruh bosqichida ajoyib qatnashdi va chorak final kuchli raqibni mag'lub etdi. Ularga qarshi kechadigan uchrashuvga ruhiy va jismoniy tomonlama qanday tayyorgarlik ko'rdingizlar?

- Biz yaxshi tayyorlandik. Sovrin sifatida olimpiadaga yo'llanma qo'yilgan. Biz hali olimpiadaga chiqmaganmiz. Qiyin uchrashuv bo'lishi oldindan bilamiz. Ertaga ikki jamoa ham borini berib o'ynashi aniq.

- Ko'pchilik O'zbekiston terma jamoasining kuchli jihatlarini aytib o'tishmoqda. Indoneziyaning kuchli jihatlarini hech kim sanab o'tmayapti. Raqiblarimiz qaysi jabha kuchli deya olasiz?

- Indoneziya terma jamoasining asosiy kuchi hujumga tezda o'tishi va tartibli himoyalanishida. Ularda xohish va ishtiyoq katta, shu sababli oddiy autdan unumli foydalanishmoqda.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia