Jasur Hasanov va Zohir Pirimov AGMK bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2018, 23:07
Bugun AGMK o'z tarkibini bir qator tajribali futbolchilar bilan to'ldirdi.

Davralar oralig'ida yuzaga kelgan transfer oynasidan jamoa ham unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Jamoa rahbariyati bugun bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida o'tkazgan taniqli yarim himoyachi Jasur Hasanov AGMK a'zosiga aylandi.

Shuningdek, olmaliqlik muxlislarga qadrli bo'lgan, AGMK sharafini elitada eng ko'p o'yinda himoya etgan Zohir Pirimov ham faoliyatini yana jonajon jamoasida davom ettiradi. Pirimov bu yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida boshlagandi.

Jamoa tarkibiga yana ikki futbolchi Alisher Samatov va Azamat Isroilov ham taklif etilgan. Tomonlar o'rtasida kelishuv amalga oshsa ular ham AGMK sharafini himoya etishlari mumkin. Samatov Farg'onaning "Neftchi" jamoasida to'p surib kelayotgandi. Isroilov esa Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi a'zosi edi. Azamat ham Zohir kabi bundan bir necha yil avval jamoa a'zosi bo'lgan.

Jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari transferlar oynasi yopilgunga qadar davom ettiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz