Jasur Hasanov “Nasaf” bilan kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2017, 23:59
“Qizilqum” yarim himoyachisi Jasur Hasanov ikkinchi davrani “Nasaf”da boshlaydi.

Faoliyati davomida “So'g'diyona”, “Navbahor”, “Mashal”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, shuningdek Qatar Yulduzlar ligasida to'p tepgan futbolchi o'tgan yili “Qizilqum” bilan kelishuvga erishgandi.

Qarshiliklar safini jamoaning yetakchi futbolchilari tark etgach, “Nasaf” rahbariyati tarkibni tajribali ijrochilar bilan to'ldirishi maqsadida aynan Hasanovni jamoaga taklif etgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia