Jasur Hasanov "Lokomotiv" bilan hozircha yangi shartnoma tuzgani yo'q

Narzulla Saydullayev
6 dek 2015, 12:44
"Lokomotiv"ning 77-raqamdagi yarim himoyachisi Jasur Hasanovning klub bilan yangi shartnoma tuzgani borasida xabar chiqqandi.

Lekin shuni ma'lum qilamizki, katta Jasur Hasanov hozircha "Lokomotiv" bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q. Kecha futbolchi biz bilan bog'lanib, hozircha Jizzaxda dam olayotganini va shartnomani uzaytirish borasida hali bir qarorga kelmaganini ma'lum qildi. "Oldimda bir nechta variantlar bor, hammasi keyinroq hal bo'ladi", - deya aytib o'tdi Jasur Hasanov.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia