Jasur Abduraimov: "Futbolda jamoa oilaga aylanmasa hech qanday taktika foyda keltirmaydi"

Narzulla Saydullayev
6 may 2017, 19:19
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin keskin va qiziq tarzda kechdi. Stadionga kelgan muxlislar shiddatli futbol guvohi bo'lishdi. Yakunda bizga omad kulib boqmadi. Ikkinchi bo'limda suratni oshirib, tashabbusga erishdik. Yigitlar bor kuchlari bilan g'alaba uchun intilishdi.

Ikkinchi bo'limda ruhan o'zgardik. Futbolda natija ko'p narsalarga bog'liq, ko'plab jihatlar hisobga ta’sir o'tkazadi.

Futbolchilar hissiyot bilan o'ynashadi. Shu sababli turli holatlarga munosabat farqli bo'ladi. Muhimi, futbol o'ynashga intilish. Bugun biz futbol o'ynashga harakat qildik. Oxirgi daqiqalargacha kurashdik.

Futbolda jamoa oilaga aylanishi kerak. Aks holda, har qanday taktika foyda keltirmaydi. Men bizda jamoaviy birlashish o'sishini ko'ryapman, - deydi Jasur Abduraimov.

"Paxtakor" matbuot xizmati




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia