Jasur Abduraimov: "Futbolda chidash kerak"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2021
Coca Cola Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Metallurg" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. O'ylashimcha, taktik uslublarga asoslangan uchrashuv o'tkazdik. Bu o'yinda kim birinchi gol ursa, o'sha jamoa g'alaba qozonar edi.

Bizda hozir muammolar yo'q emas, sekin-sekin o'yinlarimizni kuchaytirishga harakat qilayapmiz. Yigitlarga rahmat aytaman, futbolda chidash kerak. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. Jamoamiz darvozaboni Aleksandr Lobanov 3-4 ta golli vaziyatlarda jamoamizni qutqardi. Himoya chizig'imiz ham bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi.

Futbolda chidash kerak, chidash kerak va vaziyatdan foydalanish kerak. Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik. Futbolda omadning o'rni juda muhim.

Ivan Nagaev nega o'ynamadi? Nagaev himoyada o'ynay olmaydi. Oxirgi ikki zaxiradan foydalanganimizda to'p himoyada emas, hujumda bo'lishini taminlashlarini aytdik. Murabbiylar shtabi ham shu taklifni bildirgandi", - deydi Jasur Abduraimov. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia