Jasur Abdullaev: "Muxlislarga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
10 okt 2018, 13:32
Pro-Liga 29-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "G'ijduvon" uchrashuvi oldidan yozyovonliklar darvozaboni Jasur Abdullaev championat.asia saytiga intervyu berdi.

Jamoamiz a'zolari bilan mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqdamiz. Nasib etsa 12 oktyabr, juma kuni "G'ijduvon" jamoasi bilan uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizga uzoq kutilgan g'alabani tuhfa etmoqchimiz.

Ayni damda turnir jadvalida 5-o'ringa tushib ketdik. Ketma-ket uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchraganimiz tufayli muxlislar bizdan bir oz ranjib qolishgan. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Qolgan uchrashuvlarga yanada jiddiy yondashib, g'alabalarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia