Janubiy koreyalik futbolchiga London grandlari qiziqish bildirmoqda

Khoja
17 fev 2026, 10:20
"Bavariya" himoyachisi Kim Min Je "Chelsi" va "Tottenxem" klublarining diqqat markazida.

Jurnalist Kristian Falk (Bild) xabariga ko'ra, "Bavariya" yozda, ayniqsa Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma imzolagandan so'ng, 29 yoshli janubiy koreyalik bilan xayrlashishga tayyor.  

Avvalroq ham "Chelsi" va "Tottenxem" Kim Min Jae bilan qiziqqan edi va u hozir ham ikkala London klubi radarida turibdi.  

Bu mavsum Bundesligada u faqat 10 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.  Himoyachining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri himoyachini 25 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: Bild