Janubiy Koreya O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Kanadani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2016, 18:34
Janubiy Koreya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Kanada bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bo'lajak raqiblarimiz o'z maydonlarida 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdilar.

Mezbonlardan Kim Bo Gyon hamda Yung Xyu Lilar mos ravishda 11 va 22-daqiqalarda gol kiritib, 2:0 hisobidagi g'alabani taminladilar.

Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvi 15 noyabr kuni Seul shahridagi "World Cup" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia