Janluka Vialli: Emre Jan “Yuventus”ga kerak emas

8 may 2018, 07:59
Emre Jan yozda “Yuventus”ga o'tishi kutilmoqda.

Turin klubi sobiq o'yinchisi Janluka Vialli amalga oshishi kutilayotgan transfer haqida fiklari bilan bo'lishdi.

“Emre Jan menda yaxshi taassurot qoldirmadi. Uni Xediradan zo'r bo'lishiga ishona olmayman. O'ylashimcha, u klubga to'g'ri kelmaydi. “Yuve”ga yarim himoyada kuch bo'la oladigan o'yinchi kerak. Rakitich Jandan ko'ra yaxshi variant bo'lgan bo'lar edi”, - dedi Vialli.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia