Janluka Di Marcio: Shomurodovga APL klubi qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
1 avg 2022, 22:48
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, o'zbekistonlik hujumchiga "Vulverxempton"dan qiziqishlar bor. Biroq ushbu klub ham futbolchini sotib olish imkoniyati bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. "Roma"ga esa bu taklif maqul kelmayapti.

Ayni damda Shomurodovga "Torino" va "Bolonya"dan takliflar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio