

"Biz mavsum avvalida oldimizga qo'ygan maqsad yo'lidamiz. Hozir Italiya A seriyasida peshqadamlik qilayapmiz, Chempionlar ligasi va Italiya kubogida keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga egamiz. Mart oyining boshida sovrinlar haqida gapirish qiyin. Biz "Roma" bilan farqni kattalashtirishni istagan edik va bunga erishdik. Oldinda turgan bahs bosh sovrin uchun kurashda hal qiluvchi bo'lishiga aminman. Joriy yil ular yaxshi chiqishib kyetishdi, bu Vinchenco Montella, o'yinchilar va klubning umumiy xizmati", - deydi Buffon.



