Jan "Yuventus" rahbariyati bilan uchrashib olmoqchi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 21:42
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan kelajagi borasida bir qarorga kelib olmoqchi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi rahbariyat bilan uchrashib olish niyatida. Ayni damda u Evro-2020 turnirida ishtirok etmasligidan xavotirda bo'lib turibdi. Asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmayotgan Emre oldindagi turnirgacha katta o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda.

Ushbu mavsumda Jan A Seriyaning 8 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport