Jan: "Manchester Yunayted"dan taklif tushgani rost"

Mirjalol Normatov
9 mar 2020
Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Emre Jan "Yuventus"dan ketgani haqida gapirdi.

"Menga APLdan 3 taklif bo'ldi. Shulardan biri "Manchester Yunayted"dan tushdi. "Liverpul"dagi faoliyatim tufayli bu taklifni o'ylab ham o'tirmasdan rad javobini berdim", - dedi Jan.

Oldinroq Angliya matbuoti futbolchiga "Everton" va "Chelsi" tomonidan takliflar borligini ma'lum qilgandi. Jan 2014-18 yillar davomida "Liverpul" tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal