Jamshid Saidov: "Superligani markazlashgan holatda davom ettirish yaxshiroq edi"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2020, 19:50
Coca Cola Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro"(1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida qisqa va oddiy fikr bildirishim mumkin. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytib qolaman. Afsuski, ilk soniyalardan tezkor gol o'tkazib yubordik. Bugun ko'plab yosh futbolchilarga o'ynash imkoniyatini berdik. Tajriba yetishmagani tabbiy hol. Gol urish uchun yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik",- deydi Jamshid Saidov.

- "Buxoro"ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor. Oldinda o'yinlar bor, oxirigacha kurashamiz. Keyingi turda "Qizilqum" bilan o'ynaymiz, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. 

- So'nggi to'rt turni qanday o'tkazish tarafdorisiz? Shuningdek mas'uliyatli pallada yoshlarga ishonch bildirish tavakkalmi?

- Agarda markazlashgan holatda o'tkazilganda juda yaxshi bo'lardi. Biz barcha o'yinlarni safarda o'tkazamiz. Markazlashgan holatda barcha bir xil sharoitda bo'lardi. Yoshlarga ishonch bildiryapmiz. Ha, xatolar bo'lyapti. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda ularni ruhiy va taktik tomondan tayyorlashga harakat qilyapmiz. 

- Bugungi durangni g'alabaga teng desak bo'ladimi?

- Ha, albatta. 0:1 hisobida yutqaza turib yakunda 1:1 qildik. Biz uchun qo'lga kiritilgan har bir ochko oltinga teng. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia