Jamshid Saidov: "Superligada kuchsiz jamoalar qolmadi"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2023
"Nasaf" hamda "Qizilqum" o'rtasidagi Superliganing 17-tur o'yinidan (0:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Jamshid Saidov: "Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Chunki jadvaldagi holatimiz quvonarli emas. Yigitlarga mehnati uchun rahmat aytmoqchiman. Natijadan ko'nglim to'ldi. Har bir ochko tilladek. Navoiydan kelgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman."

- "Nasaf" sobiq futbolchilari ishonchingizni oqlayaptimi (Rahmatov, Kenjaboev)?

- Ular maydonga tushishyaptimi, demak, ha, oqlashyapti. Ularda "fundament" bor.

- "Qizilqum" bu yil kuchsizligiga sabab nima? Pulmi?

- Yo'q, pulning aloqasi yo'q. Superligada kuchsiz jamoalar qolmadi. Jadvalning yuqori va quyi qismida jiddiy kurash kechmoqda. Har bir bahsni huddi so'nggi o'yindek o'tkazyapmiz. "Qizilqum" ligani tark etmasligi uchun oxirigacha kurashamiz. Chunki Navoiy ahli bizga ishonmoqda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia