Jamshid Saidov: "Qolgan uchta o'yinda oxirigacha kurashamiz"

Narzulla Saydullayev
19 noya 2020, 19:55
Superliga 23-turdan o'rin olgan "Buxoro" - Qizilqum"(1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirdi.





"Bugun yaxshi yoki yomon o'ynadik deya olmayman. G'alaba uchun maydonga tushgandik, o'xshamadi. Har qanday holatda ham yigitlarga xohish va ishtiyoq uchun rahmat aytaman. Bu o'yinda bizga mahorat yetishmadi.

Jamoa Superligada qoladimi yo'qmi buni xudo biladi. Qolgan uchta o'yinda oxirigacha kurashamiz. Har bir ochko muhim hisoblanadi. Harakat qilamiz. O'ylaymanki bugun ikki ochko yo'qotdik. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Oxirigacha kurashamiz",- deydi Jamshid Saidov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia