Jamshid Saidov - "Qizilqum" bosh murabbiyi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2023
Superliganing navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" jamoasida bosh murabbiy almashdi.

Ushbu lavozimda endilikda Jamshid Saidov faoliyat yuritadi. Shu kunga qadar bosh murabbiy bo'lib ishlab kelayotgan Tachmurad Agamurodov jamoa murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettiradi. Jamoani yangi mavsumga Asror Aliqulov tayyorlagan va undan keyin Tachmurod Agamurodov vaqtincha jamoani boshqargandi.

Jamshid Saidov haqida:

Tug'ilgan kuni: 14.02.1978

Tug'ilgan joyi: O'zbekiston -- Buxoro

Faoliyat yuritgan jamoalari: "Buxoro" (bosh murabbiy), "Lokomotiv" (yordamchi murabbiy).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати