Jamshid Saidov: "O'ziga xos derbida 3 ochkoni qo'lga kiritdik"

Narzulla Saydullayev
30 apr 2016
"Qizilqum" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun g'alaba qozonganimizdan xursandman. Shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim. O'ziga xos derbida 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Buxoroda Navoiyga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. O'z maydonimizdagi mag'lubiyatdan keyin bugun g'olib bo'lishimiz kerak edi. "Nasaf" bilan uchrashuvda omad biz tomonda emas edi. Bu stadionda ilk bor keldim. Sharoitlar, maydon holati ajoyib holatda. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilish", - deydi Jamshid Saidov.

"Buxoro" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia