Jamshid Saidov: "O'yin muxlislarga maqul bo'lmaganini sezib turibman"

Narzulla Saydullayev
8 avg 2016, 23:24
"Buxoro" - "Obod" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Futbolchilarimzga va muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o'yin muxlislarga maqul bo'lmaganini sezib turibman. Men o'ylayman-ki, juda issiq havoda o'tgan, og'ir uchrashuvda kerakli natijani qayd etganimiz yaxshi bo'ldi. Bugungi o'yinni unutib, "Paxtakor"ga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Saidov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia