Jamshid Saidov: "Oxirigacha kurashamiz, bizga har bir turda g'alaba kerak"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2020, 21:31
Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi galda yigitlarni va jamoamizni mavsumdagi birinchi g'alaba bilan tabriklayman. Oxirigacha kurashamiz, bizga har bir turda g'alaba kerak. Futbolchilarga va bizni Buxoroda turib qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. 

Ha, vaziyatlardan foydalanish darajamiz past. Ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, lekin gol ura olmayapmiz. Xatolar ustida ishlaymiz, tahlil qilamiz. Yosh futbolchilar o'yindan-o'yinga kuchayib borishadi",- deydi Jamshid Saidov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia