Jamshid Rustamov: "Chempion bo'lishni maqsad qilgan edik, lekin bronza uchun ham xursandmiz"

Alisher
4 noya 2024, 01:25
"Olimpik" U-19 jamoasi futbolchisi Jamshid Rustamov bronza medali uchun "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Bronza medalini qo'lga kiritganimizdan xursandman. O'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ldi. Bor kuchimiz bilan harakat qildik. Chempionlikni istagandik, lekin bronza uchun ham xursandmiz. Raqiblar safida bizdan katta futbolchilar ham bor edi. Fikrimcha, natijamiz yomon emas. 

U-19 chempionatida kuchli o'yinlar ko'p bo'ldi. Bu bizga yaxshi deb o'ylayman. Yangi narsalar o'rgandik. Oldindagi o'zimiz qatnashadigan barcha musobaqalarda yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz"

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia