Jamshid Iskanderov: "Qo'qonliklar o'z maydonida istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatishadi"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2018, 13:49
"Paxtakor" yarim himoyachisi "Qo'qon-1912" bilan o'tadigan uchrashuvdan avval fikrlarini bildirdi.

- O'yinga hozirlik ajoyib darajada o'tdi. Futbolchilar yaxshi holatda va maydonga tushishga tayyorlar. Bellashuv qiyin kechishini bilamiz. Qo'qonliklar o'z maydonida istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatishadi. Ularni muxlislar juda yaxshi qo'llab turishadi. Raqib ayni paytda yaxshi saviyadagi futbolchilar va kuchli murabbiyga ega. Maydonda har qanday holatga tayyor turishimiz lozim.

Chiroyli o'yin namoyish qilib, zarur natijaga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia