"Bunyodkor" o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2020, 22:12
Superligaga tayyorgarlik ko'rayotgan "Bunyodkor" bugun nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Vadim Abramov boshchiligidagi asosiy tarkib Bunyodkor stadionida Pro liga vakili Oq-tepa bilan kuch sinashgan bo'lsa, Viktor Karpenko murabbiyligidagi o'rinbosarlar Rubinga qarshi maydonga chiqdi.

"Bunyodkor"ning asosiy tarkibi "Oqtepa"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, o'rinbosarlar "Rubin"dan 7:0 hisobida ustun kelishdi. 

O'RTOQLIK UCHRASHUVLARI

"Bunyodkor" - "Oq-tepa" - 1:2 (1:0)

Gollar: Humoyun Murtazoev – Sherzod Qodirov, Mirjalol Miryusupov.

"Bunyodkor" U-21 - "Rubin" - 7:0 (1:0)

Gollar: Bo'ronbek Mirzasalimov (3ta), Malikshoh Rasulov, Aram Markaryan, Umid Sultonov, Otabek Jo'raqo'ziev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати