Jambuli Jigauri: "Ajoyib atmosfera bo'ldi, lekin..."

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2023, 09:13
Andijondagi “Bobur Arena”da bo'lib o'tgan “Andijon” – “Nasaf” o'yinidan so'ng (0:0), qarshiliklarning gruziyalik legioneri Jambuli Jigaurini fikrlari bilan qiziqdik.

O'yin xaqida 

Qizqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi, raqibimizga qaraganda bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Albatta ulardan foydalanishimiz kerak edi. Men o'ylaymanki, bugun biz g'alabaga loyiq edik va buni juda xoxladik. Ko'rinib turibdiki, “Andijon” ham ochko olishga astoydil xarakat qildi.

To'g'risini aytsam, menga ko'rsatilgan qizil kartochaga tushunmadim. Hakam o'sha vaziyat uchun bunday tarzda jazolamasligi kerak edi. Men ortiqcha xech qanday xarakat qilmagandim. 


Ajoyib atmosfera bo'ldi, lekin...

Andijonda birinchi bor bo'lishim, stadiondagi muhit, muxlislar juda ajoyib tarzda o'z jamoasini qo'llab-quvvatlab turdi. Bunday stadion va muxlislar qarshisida to'p tepishning o'ziga yarasha gashti bor. Lekin, maydonning xolati yaxshi emas ekan. Barchasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonaman.  


O'zbekiston chempionati xaqida tasavvurim bor edi

Bilasizmi, yurtingizga kelishimdan oldin, milliy chempiontingiz xaqida tasavvurga ega edim. Boisi bu yerda meni ko'plab do'stlarim to'p tepishgan. Ular bilan maslaxatlashdim, bir qator o'yinlarni ko'rib chiqdik va yakunda chempionatingizda to'p surishga qaror qildim. O'ylaymanki, barchasi yaxshi bo'ladi va biz “Nasaf” bilan xalqaro maydonlarda yaxshi natijalarga erishamiz.


Xayrullo VASIEV suxbatlashdi


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia