"Nasaf" legioneri jamoa bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025
"Nasaf" yarim himoyachisi Jaba Jigauri "ajdarlar" bilan xayrlashganini ma'lum qildi.

"1,5 yil va 4 sovrin! "Nasaf" jamoasi va uning muxlislariga hammasi uchun rahmat! Ko'rishguncha va omad!", – deya yozib qoldirgan gruziyalik xavbek.

32 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 29 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan edi. 

Avvalroq Jaba Jigauriga OKMK tomonidan qiziqish bo'layotgan edi. Ma'lum bo'lishicha, u faoliyatini "Qizilqum"da davom ettirishga yaqin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/jabajighauri