Jaloliddin Masharipov "Istiqlol" mashg'ulotlariga qaytdi

Оқил Абдубарноев
12 mar 2024
Shuningdek, Eronda to'p tepayotgan Oston O'runovning yashash sharoiti ma'lum bo'ldi.

Avvalroq o'zbekistonlik futbolchining klub bergan ko'plab vadalar bajarilmagani uchun mashg'ulotga bormagani aytilgandi. "Istiqlol" rahbariyati Masharipovga Tehrondan uy va mashina vada qilgandi. Bundan tashqari oilasi uchun Tehronga aviachipta ham olib berilmadi. Futbolchi hamon mehmonxonada istiqomat qilmoqda.

Masharipov muammolarga qaramay, muxlislar va klubga hurmat yuzasidan mashg'ulotlarga qaytganini ma'lum qildi.

Xabarlarga ko'ra, "Persipoles"ning o'zbekistonlik vingeri Oston O'runov ham ayni damda mehmonxonada istiqomat qilmoqda. Unga klub rahbariyati tomonidan uy vada qilingan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Masiretaze