Jaka qishda "Roma"ga o'tishi mumkin

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka tez orada A Seriyaga yo'l olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, agarda "kanonirlar" ushbu transfer oynasida o'z safiga boshqa markaziy yarim himoyachi qo'shib olishga muvaffaq bo'lsa, Jakaning jamoani tark etishi ehtimoli yuqori bo'ladi.

Shveytsariyalik yarim himoyachiga asosiy davogar "Roma" bo'lib turibdi, klub o'tgan yozda futbolchini qo'lga kiritishga yaqin turgandi, ammo yakunda "Arsenal" bilan kelisha olmagandi.

Jaka joriy mavsum "Arsenal" safida Premer-liga doirasida 10 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda yarim himoyachm "Liverpul"ga qarshi Liga kubogi yarim finalida olgan qizil kartochkasi uchun diskvalifikaciyani o'tamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato