Jaka italyan grandiga o'tadimi?

Alisher Ostonov
15 iyun 2025
"Milan" "Bayer"ning 32 yoshli yarim himoyachisi Granit Jakaga qiziqish bildirmoqda.

Shveytsariyalik futbolchi leverkuzenliklar safini tark etib, "Milan"ga o'tishi mumkin.

Granit Jaka 2023 yilning yozida "Arsenal"dan "Bayer"ga o'tgandi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 7 ta golga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 12 million evroni tashkil etadi.

Jaka 2023/24 yilgi mavsumda "Bayer" safida Germaniya chempioni bo'ldi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/plettigoal