Jaka kelasi hafta "Roma"ga qo'shilishga tayyor

Alisher
21 iyul 2021
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka kelasi haftada "Roma"ga qo'shilishga tayyor.

28 yoshli shveytsariyalik futbolchi kelasi hafta Rim jamoasi mavsum oldi yig'inini o'tkazayotgan Algarve (Portugaliya)ga boradi.

Futbolchining italyan klubiga o'tishi borasidagi bitim deyarli yopilgan, tomonlar yakuniy tafsilotlarni kelishib olishga yaqinlar.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Italia