Jaka: "Bayer"ga rafiqam tufayli o'tganim yo'q"

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023
"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka nega mavsum oldidan Londonning "Arsenal" jamoasidan Leverkuzenga ko'chib o'tganini tushuntirdi.

"Ular mening rafiqam tufayli Germaniyaga qaytayotganimni yozishdi. Bu yolg'on. U ham men kabi Londonda juda baxtli edi. 

Futbolchi va sportchi sifatida o'zim shunday qarorga kelganman. Men Germaniyaning rejali va nimagadir erishmoqchi bo'lgan top-klubiga o'tdim. Albatta, ko'chib o'tishimiz oson kechdi, chunki biz avval Dyusseldorfda yashaganmiz va rafiqam o'sgan Myonxengladbaxga yaqinmiz", – dedi Granit Jaka.

Granit Jaka joriy mavsum "Bayer" tarkibida barcha musobaqalarda 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shveytsariyalik futbolchi Xabi Alonso jamoasida asosiy o'yinchi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Neue Zürcher Zeitung