Jaka 4ta o'yinga diskvalifikaciya qilinadi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2017, 00:30
Arsenal yarim himoyachisi Granit Jaka Bernliga qarshi o'yindagi qizil kartochkasi uchun (2:1) diskvalifikaciya oladi.

Shveytsariyalik futbolchi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi va endi 4ta o'yinni o'tkazib yuboradi. Sababi u bungacha qizil kartochka olib 3ta uchrashuvda maydonga tusha olmagandi. Ikkinchi qizil tufayli jazo muddati yana bitta o'yinga ko'payadi.

Arsenal apellyaciya bersa va u rad qilinsa Jaka Angliya kubogi doirasidagi Sautgempton, APL doirasiidagi Uotford, Xall va Chelsi bilan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk