Jahongir Jiyamurodov "Sho'rtan"da

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2017, 15:01
Tajribali himoyachi Jahongir Jiyamurodov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Mavsumni Jizzaxning "So'g'diyona" klubi safida o'tkazgan Jiyamurodov ayni paytda G'uzorning "Sho'rtan" klubi yig'inida bo'lib turibdi. 2016 yilgi mavsumda Jiyamurodov oliy ligada 22ta o'yinda maydonga tushib 5ta sariq kartochka oldi.

Jahongir Jiyamurodov faoliyati davomida "Mashal", "Nasaf", "Olmaliq" va "Neftchi" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia