Muborakning klubi "Mashal" futbolchisi Jahongir Jiyamurodov klub bilan shartnomasi tugagani sababli jamoa bilan xayrlashdi.
Jahongir Jiyamurodov yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hozircha noma'lum. Unga bir qator jamoalardan takliflar tushmoqda. Ayni paytda esa futbolchi erkin agent hisoblanadi.