Jahon futbol ligalari forumi Osiyo yetakchilari uchun uchrashuv tashkil qildi

Оқил Абдубарноев
21 okt 2022, 19:31
Dubayda Jahon professional futbol ligalari assotsiatsiyasining 2022-yilgi forumi bo'lib o'tdi.

Forum tashkilotchilari Osiyo qitasi vakillarining alohida yig'ilishini ham o'tkazdi. Unda Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, O'zbekiston, Qatar, BAA, Malayziya hamda Hindiston ligalari ishtirok etdi.

2022-yildan boshlab Osiyo futbol konfederatsiyasi ham qitaning yetakchi ligalari bilan o'zaro fikr almashishni yo'lga qo'yganini qayd etish kerak. Osiyo qitasining qolgan konfederatsiyalardan sezilarli katta ekanligi geografiya, iqlim, masofa, futbolning rivojlanishi tezligi kabi masalarga o'z ta’sirini o'tkazib keladi. Shu kunga qadar musobaqalarga, asosan, terma jamoalar nuqtayi nazari bilan e'tibor qaratilgan bo'lsa, endilikda yuqorida qayd etilgan davlatlar ligalari o'zaro hamkorlikda harakat qilishni boshladi. Bu esa klublar ishtirokidagi musobaqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

O'zbekiston Professional futbol ligasi klublarni licenziyalash masalasida 2021-yilgi mavsum yakunlari bo'yicha Osiyoda Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi bo'lganini qayd etish kerak. Shunga qaramay, media va marketing masalalarida qita yetakchilari boshqa mamlakat ligalari hisoblanadi. O'zPFL mavjud muammolarni o'rganish va bunda yetakchilarga maksimal yaqin bo'lish harakatlarini allaqachon boshlagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pfl.uz