Jahon chempionatida kim g'olib chiqadi. Zidanning taxminlari

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017, 13:14
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 2018 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida kim g'olib bo'lishi mumkinligini aytdi.

"Jahon chempionatida sovrin uchun ko'p jamoalar da'vogarlik qilishadi. Bular Braziliya, Argentina, Germaniya, Ispaniya va boshqa terma jamoalar. Ular doimo mundialda g'olib bo'lish uchun kurashishgan. Bu Fransiya terma jamoasiga ham tegishli, jamoa yosh, tarkibida ko'plab iqtidorlar mavjud. Rossiyada ular xavf tug'dirishi mumkin. Fransiyaliklar yildan-yilga o'sib borishmoqda, ularning o'yini menga yoqyapti. Bizni oldinda qiziqarli yillar kutib turibdi" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole