Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 48 jamoadan 42 tasi ma'lum

Khoja
19 noya 2025
Kecha va tongdagi uchrashuvlardan so'ng yana 8 ta terma jamoa JCH yo'llanmasini naqd qildi.

Yevropa qitasidan to'g'ridan - to'g'ri so'nggi beshta yo'llanmaga Shveytsariya, Ispaniya, Shotlandiya, Avstriya va Belgiya terma jamoalari egallalik qilishdi. Shimoliy Amerikadan esa Kyurasao, Gaiti va Panama JCH yo'llanmasiga ega chiqdi. Shu tariqa, JCHga chiqqan jamoalar soni 42 taga etdi.

Endi qolgan 6 ta yo'llanmanining 4 tasi Yevropa jamaolari o'zaro bahslar orqali qo'lga kiritishadi. Qolgan 2 ta yo'llanma uchun qitalararo musobaqada 6 ta terma jamoa bahs olib boradi.

JCH yo'llanamasini qo'lga kiritgan terma jamoalar ro'yxati bilan tanishing:

Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Angliya, Senegal, Fransiya, Germaniya, Portua Niderlandiya, Shveytsariya, Ispaniya, Shotlandiya, Avstriya, Belgiya, Kyurasao, Gaiti va Panama.


KhojaMuallif
Manba: championat.com